Tug‘ilgan kunga «sovg‘a»: xonanda 500 dollar jarimaga tortildi
Dushanbe sudi taniqli tojik estrada qo‘shiqchisi Firuza Hafizovani 5 ming somoniy (500 dollardan ko‘proq) jarimaga tortdi. Asos — xonanda tug‘ilgan kunini hamkasblari bilan birga nishonlagan.
Xonanda Tojikistonning marosimlar to‘g‘risidagi qonunini buzgani uchun jazolandi. Bu qonun fuqarolarga o‘z tavallud ayyomlariga artistlar tugul do‘stlarni chaqirishni ham man etadi, bayram qilmoqchimisan, marhamat, faqat oila davrasida.
«Hafizova ishi»da daliliy ashyo sifatida uning tug‘ilgan kunida olinib, ijtimoiy tarmoqlarda «aylantirilgan» video asos qilib olindi.
Mamlakat prezidenti Imomali Rahmon tashabbusi bilan «Tojikiston Respublikasida an’analar, marosimlar va urf-odatlarni tartibga solish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinib, 2007-yilning 8-iyunida amalga kiritilgan, 2017-yildan yanada kuchaytirilgandi. Qo‘shni davlat hukumatini ham tushunish kerak, axir fuqarolar mamlakat budjeti xarajatlaridan bir yarim baravar ko‘p pulni to‘y va dafn marosimlariga sarflab yuborishmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter