Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termizda «Andijon polka», «Cho‘ntak» choyxonasi va «anjancha» osh

Termizda «Andijon polka», «Cho‘ntak» choyxonasi va «anjancha» osh

Foto: «Xabar.uz»

Termizda o‘tayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivalida Andijon viloyati uchun ajratilgan maydon mehmonlar bilan gavjum. Biri-biriga o‘xshamaydigan dasturlar kishini o‘ziga jalb qiladi. Ayniqsa, «Andijon polkasi» yangraganida tumonot odam raqsga tushishni boshlab yuboradi.

— Baxshichilik festivalini Termizda o‘tkazilayotgani bizga katta zavq-shavq bag‘ishladi, — deydi Qumqo‘rg‘ondan kelgan Dono Obidova. — Turli viloyatlarning urf-odat, an’ana va san’ati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lyapmiz. Ayniqsa andijonliklar yaratgan dekoratsiya ishlari, qo‘shiqchilar, sozandalarning chiqishlari o‘zgacha.

— «Andijon polka» kuyi, «Anjanchasiga» qo‘shiqlarini eshitganda boshqacha bo‘lib ketaman, — deya suhbatga qo‘shildi mezbon shahar vakili Ibrohim Safarov. — Chunki, mehmondo‘st Andijon viloyatida ko‘p bo‘lganman. Samimiy, mehnatkash, bir so‘zli chapani insonlarning fe’l-atvorlari shu kuyda mujassam ekanligini his etaman.

«Cho‘ntak» choyxonasi esa andijonlik mashhur oshpazlar tomonidan damlangan devzira guruchidan osh va xushbo‘y ko‘k choyi bilan mashhur. Bu joy ham shinavandalari bilan gavjum.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring