Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shohi Zinda»dagi «Qusam ibn Abbos» maqbarasi gumbazidagi yoriqlar o‘rganiladi va bartaraf etiladi

«Shohi Zinda»dagi «Qusam ibn Abbos» maqbarasi gumbazidagi yoriqlar o‘rganiladi va bartaraf etiladi

Samarqand shahrida joylashgan «Shohi-Zinda» majmuasidagi «Shodi-mulk» maqbarasi va «Qusam ibn Abbos» ziyoratgohi gumbazlarida yoriqlar paydo bo‘lgani bo‘yicha tanqidiy maqola e’lon qilingan edi.

Ushbu maqola yuzasidan 2020 yil 16 may kuni Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi xodimlari hamda sohaga oid malakali mutaxassislar hamkorlikda 1372 yilda qurilgan «Shodi-mulk» maqbarasini xamda «Qusam inb Abbos» ziyoraxonasini ko‘zdan kechirdi va quyidagilarni aniqladi:

O‘zbek milliy me’morchilik durdonasi sifatida e’tirof etilgan «Shohi-Zinda» majmuasi XI-XV asrlarda qurilgan hamda YuNESKOning Umumjahon merosi ob’yektlari ro‘yxatiga kiritilgan hududda joylashgan.

Majmuaning 900 yil oldin barpo etilgani inobatga olinsa undagi bino va inshootlar doimiy ravishda restavratsiya, qayta tiklash hamda obodonlashtirish talab etishi shubhasiz.

«Shohi Zinda» majmuasidagi restavratsiya va qayta tiklash ishlari oxirgi marta 2004-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 16 iyuldagi 337-sonli karoriga asosan amalga oshirilgan. Ushbu restavratsiya va obodonlashtirish davomida 2004 yilda Samarkand arxeologiya instituti tomonidan XV asrda qurilgan hammom binosi topilganini alohida aytib o‘tish o‘rinli. Shundan so‘ng oxirgi 15 yil davomida majmuda faqatgina kechiktirib bo‘lmaydigan joriy ta’mirlash ishlari olib borilgan xolos.

«Shohi-Zinda» majmuasida 1372 yilda qurilgan «Shodi-mulk» hamda «Qusam inb Abbos» maqbarasi gumbazlarida paydo bo‘lgan yoriqlar tufayli mahalliy va xorijiy turistlar uchun xavf mavjud emasligi ma’lum qilindi.

Xulosa, Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti tomonidan ushbu hodisani o‘rganish uchun Ishchi guruh tashkil etildi. Ishchi guruh tomonidan shaharda joylashgan moddiy madaniy meros ob’yektlarning tashqi va ichki holati, devorlarida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoriq yoki boshqa davriy o‘zgarishlar yuzasidan aniqlangan holatlar o‘rganiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring