Rossiya telekanali Imom al-Buxoriyning hayotiga bag‘ishlangan hujjatli filmni namoyish etadi
Islom tarixi va madaniyatidagi buyuk shaxs Imom al-Buxoriyning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli film «Rossiya-Kultura» telekanalida namoyish etiladi.
Film 17-fevral kuni, Moskva vaqti bilan soat 13:20 da efirga uzatiladi. Mazkur film – Imom al Buxoriy hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan.
Imom al Buxoriy Qur’oni Karimdan so‘ng islom ta’limotidagi ikkinchi kitob – «Al Jome’ as-sahih» («Ishonchli to‘plam») asarining muallifi hisoblanadi.
Filmda O‘zbekistonning mashhur olimlari, xorijiy ekspertlar va diniy ulamolar ishtirok etishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter