Musiqachilik «pastga qarab o‘smoqda» — olimlar
Olimlarning kuzatuvlariga qaraganda, so‘nggi 40 yilda qo‘shiq-musiqalar yomonlashgan. Ayniqsa, qo‘shiqlarning matnlari ko‘proq aynigan.
Bu shunchaki yoqimsizroq qo‘shiqni eshitib qolib, shoshilinch chiqarilgan xulosa emas. Mutaxassislar 1980-yildan 2020-yilgacha ijro etilgan qo‘shiqlarni tinglab, solishtirib o‘z fikrlarini aytishdi.
Qo‘shiqlar matnlari anchagina oddiylashgan, bir xillik, agressivlik kuchaygan. Qizig‘i, qo‘shiqlar mualliflarida «shaxsiy men» kuchaymoqda — «men», «mening», «meniki» so‘zlari tobora ko‘p qo‘llanilyapti.
Chindan ham oldingi qo‘shiqlar boshqacha edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter