O‘zbek kinolarini tarqatgan «qaroqchi» javobgarlikka tortildi
«O‘zbekkino» Milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati bilan birgalikda veb-resurs ustidan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.
Arizaga ko‘ra, 1983-yilda tug‘ilgan fuqaro J. I. milliy filmlarni noqonuniy tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan. Qo‘qon shahar Ma’muriy sudida ish ko‘rib chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-1-moddasiga binoan ayblanuvchiga javobgarlik belgilandi.
«O‘zbekistonda mualliflik huquqlarini himoya qilish muammosi o‘ta dolzarbdir. Mualliflik huquqlari tez-tez buzilgan va shu kungacha buzilmoqda. Bugungi kunga kelib, afsuski, O‘zbekiston qaroqchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo‘yicha yetakchi mamlakatlar qatorida qolmoqda. Aytib o‘tish joizki mualliflik huquqlari bo‘yicha bunday ish «O‘zbekkino» tarixida ilk bora sud tomonidan ko‘rib chiqildi va ayblanuvchi javobgarlikka tortildi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter