«O‘zbekkonsert» direktori: «Hamma jonli kuylaydi. U Rayhonmi, Shahzodami, farqi yo‘q»
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda bo‘ladigan yakkaxon konsert dasturlari bosqichma-bosqich jonli ijroga o‘tkaziladi.
Bu haqda u bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan «Milliy estrada san’atining aholi, ayniqsa yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati» mavzusida matbuot anjumanida ma’lum qilgan.
«Fonogramma orqali qo‘shiq ijro etadigan xonandalarning ilk yakkaxon konsertining 30 foizini jonli ijro etilishini majburiy qilamiz. Keyingi dasturlarda 60 foiz, undan so‘ng 90 foiz, shu orqali to‘liq jonliga o‘tamiz. Hamma jonli kuylaydi. U Rayhonmi, Shahzodami, farqi yo‘q. Hozir ichki dastur qabul qilinyapti, fevral oyi davomida ma’lum qilinadi» degan «O‘zbekkonsert» direktori jurnalistlarga.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter