Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik xonanda Avstriyada konsert berdi. Galdagi manzil – Fransiya va Germaniya

O‘zbekistonlik xonanda Avstriyada konsert berdi. Galdagi manzil – Fransiya va Germaniya

Foto: OXUS Culture

«Nihol» mukofoti sovrindori Gulzoda Xudoynazarova Yevropa davlatlari bo‘ylab ijodiy safar qilmoqda. Dastlabki yakkaxon konsert Avstriyaning Lins shahrida tashkil etildi.

Yevropada ancha tanilib qolgan xonanda Bordo (Fransiya), Berlin va Noys (Germaniya) shaharlaridagi nufuzli san’at saroylarida ham konsert berishi kutilmoqda.

Bu galgi ijodiy dastur ham UNESCO nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatidan joy olgan Shashmaqom, katta ashula hamda o‘zbek mumtoz va xalq musiqa merosi namunalaridan tashkil topgan.

Ushbu ijodiy safar Gulzoda Xudoynazarovaning Yevropa bo‘ylab uchinchi katta gastrolidir. San’atkor 2022-yilda ham Germaniya, Polsha, Belgiya, Fransiya va Shveysariyada yakkaxon konsert bergan edi.

Konsert dasturlari Yevropaning nufuzli xalqaro madaniyat va san’at tashkilotlari hamda O‘zbekistondagi OXUS Culture nodavlat madaniyat tashkiloti hamkorligida tashkillashtirilmoqda. Mazkur madaniyat tashkiloti o‘n yildan buyon O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosini saqlash, rivojlantirish va targ‘ib etishga doir loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring