Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyalik mashhur san’atkor vafot etdi

Rossiyalik mashhur san’atkor vafot etdi

Rossiyalik mashhur san’atkor, Sankt-Peterburg filarmoniyasining badiiy rahbari Yuriy Temirkanov 84 yoshida vafot etdi.

Temirkanov 1938-yilda tug‘ilgan, 32 yoshida SSSR xalq artisti unvonini oldi, shu vaqtda Leningrad filarmoniyasi akademik orkestrining bosh dirijyori bo‘ldi.

Temirkanov chet elda rus dirijyorlik maktabining faol targ‘ibotchilaridan biri edi.

U 1970-yillarning oxiridan London Qirollik filarmoniyasi orkestri, Daniya radiosi simfonik orkestri, Drezden filarmonik orkestri dirijyori, Baltimor simfonik orkestri badiiy rahbari, Parma qirollik teatri musiqa rahbari sifatida ham ishlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring