Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abduhoshim Ismoilovning yubileyi uchun 239 million so‘m ajratildi

Abduhoshim Ismoilovning yubileyi uchun 239 million so‘m ajratildi

Namangan viloyati hokimi 2023-yil 15-fevral kungi qarori bilan O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilovning 70 yillik yubileyini o‘tkazish uchun viloyat budjeti zaxira mablag‘lari hisobidan 150 mln so‘m ajratdi.

Bu haqdagi qaror matni e-qaror.gov.uz portalida e’lon qilingan.

Bundan tashqari 17-yanvar kuni Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorovning farmoyishi asosida sozandaning 70 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan konsert dasturi xarajatlari uchun viloyat mahalliy budjetining zaxira jamg‘armasi hisobidan 89 mln so‘m ajratilgan.

Ayni paytda ushbu qarorlar ijtimoiy tarmoqda keng muhokama qilinmoqda. 

Hokimliklar mazkur voqea yuzasidan izoh berganicha yo‘q. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring