O‘zbekistonda yozuvchilar uchun bayram belgilandi
Bugun, 6 aprel kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Prezident davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5-aprel kuni imzolangan «O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori o‘qib eshittirildi. Bu haqda muxbirimiz xabar bermoqda.
Mazkur qaror yuzasidan o‘tkazilgan tadbirda — 5-aprel «O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi» bayrami deb e’lon qilish taklif etildi va bu taklif bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
Eslatib o‘tamiz, 5-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter