O‘zbekistonda ilk marta! O‘zbek adabiyoti bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkaziladi
Joriy yilning 7-8-avgust kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan «O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiyaning emblemasi tasdiqlandi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmatidan «Xabar.uz»ga ma’lum qilishdi.
U yosh shoir, «Sharq yulduzi» jurnali adabiy xodimi Nasrullo Ergashning eskizi asosida yaratildi. Konferensiya ramzi sifatida esa O‘zbekiston xalq rassomi Vladimir Kaydalov ishlagan Navoiy portreti tanlandi.
Emblema tinchlik ramzi bo‘lgan kabutar shaklida, lekin bir e’tibor qilsangiz, u inson kaftiga ham o‘xshaydi. Kabutar — inson kafti esa yer shari va yozuv quroli — peroni avaylab, tutib turibdi.
Kabutar O‘zbekiston bayrog‘i rangida ekani nimani anglatishi o‘z-o‘zidan ayon. Konferensiya Toshkentda o‘tishidan tashqari, ijodkor yozuvchilarning ezgulik tarafdori ekanliklarini, qolaversa, mamlakatimizning tinch-totuvlik yo‘lida sa’y-harakatlar qilayotganini bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter