O‘zbekiston milliy paviloni dunyo kinosanoatiga nimalarni taklif qilmoqda?
Nufuzli Kann festivali butun dunyo kinematografiyasida o‘z o‘rni va yuksak mavqeiga ega. Ikki yil oldin ham festivalda O‘zbekiston milliy pavilonining bo‘lishi faqat orzu havasday tuyular edi. Bu yil 72-marta o‘tkazilayotgan Kann festivali har qachongidan ham gavjum, har doimgidan-da shukuhli.
71 (!) yil deganda Kruazet sohilida O‘zbekiston bayrog‘i hilpiradi. Xo‘sh, O‘zbekiston milliy paviloni dunyo kinosanoatiga nimalarni taklif qilmoqda?
Kann festivali doirasidagi Marche du Film kinobozorida O‘zbekiston kinoindustriyasi namoyish etilishi uchun tashkil qilingan O‘zbekiston milliy paviloni butun dunyoga O‘zbekistonni qo‘shma kinoasarlar yaratish uchun hamkor va jahon filmlari olish uchun lokatsiya sifatida taqdim etish imkonini beradi.
Tan olish kerak, O‘zbekiston Kann festivalining uzoq yillik ishtirokchilariga nisbatan ancha yosh va notanish. Biroq milliy pavilonga kirib kelgan yirik kinokompaniyalar vakillari, dunyoga mashhur prodyuser va rejissyorlar, aktyorlar e’tiborini o‘ziga qarata olmoqda. O‘tgan yili pavilonda mehmon bo‘lganlar o‘zlarining ijobiy taassurotlari bilan o‘rtoqlashmoqda.
Ma’lumot uchun: 2019-yil fevralida yosh kinoijodkorlar tomonidan O‘zbekiston milliy paviloni Berlinale festivali doirasidagi Yevropa kinobozorida ham ochildi. Bu yilgi Kann kinomarketi muzokaralari natijasi o‘laroq Santa Monika (AQSh), Toronto (Kanada), Pusan (Janubiy Koreya) hamda London (Buyuk Britaniya) kinobozorlarida ham O‘zbekiston manfaatli loyihalarni amalga oshirish uchun qatnashishi mumkin bo‘lmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter