«Netflix»dagi yangi serial «Kalmar o‘yini»dan o‘zib ketdi
Ommalashib ketgan «Kalmar o‘yini» «Netflix»da eng ko‘p tomosha qilinayotgan serial maqomini yo‘qotdi. Uning o‘rnini 16-oktyabrda premerasi o‘tkazilgan «Sen» serialining yangi mavsumi egalladi. Forbes shu haqda yozmoqda.
Janubiy Koreya trilleri AQShda namoyishlar yetakchisi maqomini 24 kun ushlab turdi.
«Sen» — hayotini toza qog‘ozdan boshlashga urinayotgan savdoyi jinoyatchi yigit haqidagi serial. Premerasidan so‘ng u striminglar platformasida yetakchiga aylanib oldi.
Biroq ekspertlar bu serial xuddi «Kalmar o‘yini» singari «Netflix»ning barcha davrlardagi eng ommalashgan loyihalari reytingiga ilinishiga shubha bilan qarashyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter