Mashhur serialdagi «Doktor Reynaldo» koronavirusdan vafot etdi

Meksikalik aktyor Raymundo Kapetilo koronavirus oqibatida vafot etdi. Bu haqda «E! Universal» Milliy ijrochilar uyushmasi (ANDI)ga asoslanib xabar berdi.
4-iyul kuni kasalxonaga yotqizilgan 76 yoshli aktyor oradan bir hafta o‘tib olamdan o‘tgan.
Raymundo Kapetilo kino va seriallarda 1960-yillardan beri suratga tushib kelgan. Bizning tomoshabinlarga bosh rolni Veronika Kastro o‘ynagan «Yovvoyi atirgul» teleseriali orqali tanish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter