Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur askiyachi Jo‘raxon Po‘latov vafot etdi

Mashhur askiyachi Jo‘raxon Po‘latov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Jo‘raxon Po‘latov 88 yoshida vafot etdi.

1934 yilning 10 iyun sanasida Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tavallud topgan ustoz san’atkor askiya san’atining zabardast vakillaridan biri edi. U uzoq yillar madaniyat sohasining turli yo‘nalishlarida, xususan, Qo‘qon shahar Xamza nomidagi o‘zbek davlat musiqali drama teatri hamda Qo‘qon shahar musiqali drama teatrida fidoyilik bilan mehnat qildi.

Jo‘raxon Po‘latov halqona, samimiy kulguga boy har bir chiqishlari bilan xalqimiz mehrini qozondi. San’at olamida o‘zidan o‘chmas iz qoldirgan ustoz san’atkorning  yorqin xotirasi hamisha qalbimizda qoladi.

«Xabar.uz» jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


    Izohlar mavjud emas