Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mahalla raisi haqidagi filmning katta premerasi bo‘lib o‘tadi

Mahalla raisi haqidagi filmning katta premerasi bo‘lib o‘tadi

7 dekabr kuni soat 17:00 da Alisher Navoiy nomidagi kinochilar uyida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan «Pro art» studiyasi tomonidan suratga olingan «Hayot afsunlari» badiiy filmining katta premerasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur premera 8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan agentlik tomonidan kinomuxlislarga tuhfa sifatida taqdim etilmoqda.

Film psixologik drama bo‘lib, unda Tohir ismli mahalla raisining atrofida bo‘ladigan hayotiy voqealar, turli ko‘ngilsizliklar va oilaviy mojarolar aks ettirilgan.

Ssenariy muallifi Abduqayum Yuldashev, postanovkachi rejissyor Hasan Alijonov, operator Iste’dod Usmonov, rassom Begzod Xudoyberdiyev, grimyor Zilola Sobirova, prodyuser Javlon Kamalov, ikkinchi rejissyor Saidmalik Qodirov.

Kinofilm 8 dekabrdan yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etiladi.

Shuningdek, Kinematografiya agentligi tomonidan yangi yil bayrami tuhfasi boshlandi. Oldinda «101 reys», «Afv», «Lolagulim», «Quyosh ta’mi», «Chegara» badiiy filmlarining katta premerasi, davra suhbati, hujjatli va animatsion filmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Taniqli kinoijodkorlarning viloyatlarga tashrifi, yoshlar festivali, bayram shou-konsertlari va an’anaviy «Oltin Humo» milliy kinotaqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring