Bu safar kim «Uyda yolg‘iz» qoladi?
«Disney» hamda «Fox» kinostudiyalari «Uyda yolg‘iz» komediyasini yana ekranlarga qaytarmoqchi. Bu haqda «SplashReport» xabar bermoqda.
Film ssenariysi ustida Mayki Dey va Striter Seydel («Shanba kechki efirida» musiqali-hajviy ko‘rsatuvchi mualliflari) ishlashyapti. Bo‘lajak rejissyor kim bo‘lishini yaqin orada bilib olamiz.
Xabarlarga ko‘ra, tomoshabinlar remeyk emas, balki haqiqiy film ko‘rishadi — yangi seriya va yangi nomlar. Xuddi shunga o‘xshash voqea yaqinda «Jumanji» filmi bilan ham sodir bo‘lgandi.
Eslatib o‘tamiz, «Uyda yolg‘iz» filmining birinchi talqini 1990-yilda suratga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter