Kitob savdosi bo‘yicha assotsiatsiya tashkil etildi
Bugun, 17-may kuni O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi milliy assotsiatsiyasining ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Yig‘ilishda O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi milliy assotsiatsiyasi raisligiga «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti direktori Erkin Abdurahmonov saylandi.
Bundan tashqari, ta’sis yig‘ilishida hozirgi kunda xalqimiz, avvalo, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, joylarga, ta’lim muassasalariga o‘z vaqtida va maqbul narxlarda yetkazish bilan bog‘liq boshqa masalalar muhokama qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter