Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jadidlar haqida roman nashrdan chiqdi

Jadidlar haqida roman nashrdan chiqdi

Yozuvchi Nabi Jaloliddin qalamiga mansub «Cho‘lpon» romani nashrdan chiqdi.

Asarda Cho‘lpon hayotidagi evrilishlar, bolaligi va ijodi haqida batafsil hikoya qilinadi. Jadidning qamalishi, qatl etilishi bilan bog‘liq yangi faktlar keltirilgan, uni sotganlar fosh etilgan.

Ikki kitobdan iborat romanda jadidlar hayoti va ijodidan tashqari millat ozodligi yo‘lida jonini tikkan Madaminbek qo‘rboshi kabi fidoyilar, mardikoroldi siyosatining mudhish manzaralari, Qo‘qon muxtoriyatidagi fitnalar va uning qulashi, rus bosqini kabi voqealar ham batafsil yozilgan.

Roman 24 fevraldan sotuvga chiqarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring