Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hunarmandchilik festivaliga bag‘ishlab marka chiqarildi

Hunarmandchilik festivaliga bag‘ishlab marka chiqarildi

Qadimiy Qo‘qon shahrida 10 sentyabrdan 15 sentyabrgacha birinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘tkazilmoqda.

Ushbu muhim madaniy-ma’rifiy tadbir munosabati bilan «O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan pochta markasi tayyorlandi. O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2019 yil 5 sentyabrdan Xalqaro hunarmandchilik festivaliga bag‘ishlangan maxsus pochta markalari turkumi muomalaga kiritildi.

Turkum 2 ta kichik varaq ko‘rinishida: birinchi kichik varaq Arxitekturaga bag‘ishlangan, ikkinchi kichik varaq xalq amaliy san’atiga bag‘ishlangan. Har bir kichik varaq 8 ta pochta markasidan va 1 ta kupondan iborat hamda ular uchun sovg‘abop klyasserlar ham tayyorlangan.

Pochta markalarida Qo‘qon shahrining tarixiy obidalari hamda O‘zbekiston xalq-amaliy san’atining betakror va bebaho namunalari aks ettirilgan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlanib, ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarining o‘lchamlari 52x37 mm. Kichik varaqlarning o‘lchamlari 180x230mm, 180x190mm. Turkumning umumiy adadi 6 ming nusxa.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring