Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Evrilish» filmi juda yaxshi kutib olindi

«Evrilish» filmi juda yaxshi kutib olindi

Kecha Kinochilar uyida rejissyor Yolqin To‘ychiyevning «Evrilish» psixologik dramasi OAV vakillari, mutaxassislar, ijodkorlar va talabalar uchun namoyish etildi.

Film juda iliq kutib olindi. Muhokamada so‘zga chiqqanlar ham uni ijobiy baholashdi. Ayniqsa, bosh qahramon O‘lmas O‘rayevning mohirona ijrosi, kechinmalari, aktyorlik ampluasi va taktikasi yorqin ko‘rsatib berildi.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Yolqin To‘ychiyev, film prodyuseri Avazxon Tojixonov, postanovkachi operator Rustam Murodov, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, kartina direktori Shokir Nabiyev.

Rollarda O‘lmas O‘rayev, Baxrom Matchonov, Botir Abdurahmonov, Jo‘rabek Arziyev, Ilmira Rahimjonova, Yulduz Rajabova, Igor Buxaidze, Yevgeniy Moskvichev va boshqalar. Suratga olish ishlari O‘zbekiston, Afg‘oniston, Misr va Angliyada bo‘lib o‘tgan.

Oxirgi yillar Kinematografiya agentligi tomonidan mana shunday omadli, yuqori saviyadagi kinokartinalar suratga olinyapti. Shular jumlasiga «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i», «Rangsiz tushlar», «Ibrat», «Ilhaq», «Tutqunlik», «Mehr» va boshqa kinokartinalar kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring