Dublyaj ustasi Sanjar Sa’dullayev vafot etdi
Zamonaviy «dublyaj qiroli», o‘zining shirali ovozi bilan kinomuxlislar mehrini qozongan Sanjar Sa’dullayev 67 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga uning shogirdi ma’lum qildi.
Sanjar Sa’dullayev Toshkent Davlat teatr va san’at oliygohining «Drama va kino aktyori» bo‘limini tamomlagan.
Dublyajdagi faoliyati davomida ko‘plab Bollivud va Hollivud yulduzlari, Turkiya va Koreya seriallaridagi aktyorlarni «o‘zbekcha gapirtirgan».
«Xabar.uz» jamoasi marhumning yaqinlariga ta’ziya bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter