Bukerning oltini «ingliz bemori»da ketdi
Kanadalik yozuvchi Maykl Ondatje «Angliyalik bemor» romani uchun Oltin Buker mukofotini qo‘lga kiritdi, deb yozmoqda «Life.ru». Ondatje 1992-yili Buker mukofotiga sazovor bo‘lgandi, oradan chorak asrdan ko‘proq vaqt o‘tib u Buker tarixidagi eng yaxshi yozuvchiga aylandi.
«Oltin mukofot» Bukerning 50 yillik to‘yiga atab ta’sis etildi va o‘quvchilarning ovoz berish yo‘li bilan oldin shu mukofotni qo‘lga kiritgan asarlar orasidan eng yaxshisi aniqlandi.
Ikkinchi jahon urushi haqidagi bu roman asosida 1996-yili suratga olingan «Angliyalik bemor» filmi esa to‘qqizta «Oskar»ni qo‘lga kiritgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter