Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bonu Mushtoqning «Yurakchiroq» hikoyalar to‘plami «Buker» mukofotiga sazovor bo‘ldi

Bonu Mushtoqning «Yurakchiroq» hikoyalar to‘plami «Buker» mukofotiga sazovor bo‘ldi

Bonu Mushtoq (suratda chapda)

Hindistonlik yozuvchi Bonu Mushtoqning «Yurakchiroq» («Heart Lamp») hikoyalar to‘plami xalqaro «Buker» mukofotiga sazovor bo‘ldi.

«Buker» birinchi marta hikoyalar to‘plamiga berilmoqda. Asar Hindistonning janubi-g‘arbi (asosan Karnataka shtati)da keng tarqalgan kannada tilida yozilib, boshqa tillarda dunyoga tarqalgan.

Muallifning qariyb 30 yillik (1990–2023) ushbu ijod mahsuli Hindiston janubida yashovchi musulmon ayollari va qizlarining og‘ir hayotidan hikoya qiladi.

Yurist, huquq himoyachisi va yozuvchi Mushtoq o‘z vatanidagi kastalar va sinfiy tizim bartaraf etilishiga qarshi kurashib keladi. U xalqaro «Buker» mukofotiga loyiq topilgan — ikkinchi hindistonlik. 2022-yilda uning vatandoshi Gitanjali Shri «Qumli qabr» asari uchun shu mukofot laureati bo‘lgandi.

«Buker» laureatiga £50 ming ($67 ming) mukofot puli beriladi. Qoidalarga ko‘ra, muallif kitobni ingliz tiliga o‘girgan tarjimon bilan mukofot pulini bo‘lishishi kerak, ayni holatda u Dipa Bhasti. «Yurakchiroq» — Bonu Mushtoqning ingliz tiliga tarjima qilingan ilk kitobi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring