Buker mukofotining 2020 yilgi g‘olibi aniqlandi
Londonda adabiyot olamidagi eng nufuzli mukofotlardan biri — Buker mukofoti laureatlari e’lon qilindi.
Ushbu mukofotni niderlandiyalik yozuvchi Marika Lukas Reyneveld «Noqulay kecha» romani uchun oldi.
Buker mukofoti 1969-yili ta’sisi etilgan. 2014-yildan faqat ingliz tilida yozilgan asarlarga beriladi. G‘olib 50 ming funt sterling mukofotni ham qo‘lga kiritadi.
E’tiborli jihati, 2020-yilgi mukofotga nomzod yozuvchilar orasida bitta erkak bor edi — Daniel Kelman («Til» romani).
Shuningdek, «qisqa ro‘yxat»ga yaponiyalik Yoko Ogava («Xotira politsiyasi»), eronlik Shukufa Azar («Olxo‘ri daraxtining uyg‘onishi»), argentinalik Gabriyela Kamara («Chayna Ayronning sarguzashti») va meksikalik Fernanda Melxor («Dovullar mavsumi») kiritilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter