Billur qadahdagi suv shirin tuyuladi — turk maqollarini o‘qiymiz

Turkiya Respublikasi Janubi-G‘arbiy Osiyo va Janubi-Sharqiy Yevropada joylashgan. Janubda — Suriya va Iroq, sharqda — Eron, shimoli-sharqda — Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, shimoli-g‘arbda — Bolgariya va Gretsiya bilan chegaradosh.
Turkiya shimoli Qora dengiz, g‘arb va janubi-g‘arbi esa O‘rtayer dengizi bilan tutashgan. Mamlakatning Yevropa va Osiyodagi hududlarini Bosfor, Dardanell bo‘g‘ozlari hamda Marmar dengizi bir-biridan ajratib turadi.
Poytaxti — Anqara. Hududi — 783,356 km². Aholisi — 84 million kishidan ziyod. Davlat tili — turk.
Diniy e’tiqodi — islom. Pul birligi — turk lirasi.
* * *
Beg‘am bosh — dushmandan yomon.
Shoshilganda — pushaymonlik, o‘ylaganda — najotkorlik.
Yaxshilikdan qoch — yovuzlikdan ham xalos bo‘lasan.
Qiyshiq daraxtsiz o‘rmon yo‘q.
Oliyhimmat — maqtar, razil esa tanbeh berar.
Qanotsiz — qush emas.
O‘zing yaxshilik qilgan har bir odamdan ehtiyot bo‘l.
Tutundan qochgan edi, olovga tushdi.
Katta baliq maydasini yeydi.
Uquvsiz odam — mevasiz daraxtdek gap.
Yoshlar keksalarni o‘qitadigan vaqt ham keladi.
Har yurakda otash va sovuq.
Xudoyim odam qancha ko‘tara olsa, shuncha beradi.
Xo‘rozlar ko‘p uyda tong kech otar.
Qayerda tug‘ilganing emas, qayerda yashaganing muhim.
Dard butun deraza bo‘ylab kiradi, dirham bo‘lib esa chiqadi.
Zambaraklarga o‘rgangan tuya do‘mbiradan qo‘rqmas.
O‘g‘ri — o‘g‘rining o‘rtog‘i.
Qayerda hammasi yolg‘on bo‘lsa — bari yoqimsiz.
Baxtsizlikda — otda bo‘lsang ham seni ilon chaqadi.
Bir yilda ikkita bahor bo‘lmaydi.
Qarg‘aga o‘z bolasi bulbuldek ko‘rinar.
Bo‘ri cho‘ponlikka yaramas.
Yaltirboshning oldida oshqovoq haqida gapirma.
Shoshilinch ishlarga shaytonning o‘zi aralashadi.
Billur qadahda suv ham shirin tuyular.
Bo‘ri tumanni yaxshi ko‘radi.
Zarar — foydaning og‘asi.
Bo‘ri bilan qo‘y, qilich bilan hazil birga bo‘lmaydi.
Har qanday qor oq bo‘lur, biroq hamma oqlik ham qor bo‘lavermas.
Hamma narsa bo‘lishi mumkin, lekin soqoli yo‘qning soqoli o‘smaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter