Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aktrisa Aida Yunusova 70 yoshda

Aktrisa Aida Yunusova 70 yoshda

Aida Yunusova filmlardan birida.

Foto: Arxiv suratlari

Taniqli aktrisa, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aida Yunusova 70 yoshga to‘ldi.

Aida Yunusova 1948-yilda Farg‘onaning Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. 1970 yili teatr va rassomchilik institutining drama teatri va kino fakultetini tamomlagan. Talabaligining oxirgi kursida rejissyorlar e’tiboriga tushib, kinoga taklif qilingan.

Aida Yunusova

Uzoq vaqt davomida turli rollar ijro etdi. Jumladan, «Ajoyib xayolparast», «Chinor ostidagi duel», «Olovli yo‘llar», «Oltin kuz», «Mehrigiyo», «Zulmatni tark etib», «Karvon», «Anor», «Birinchi yo‘lovchilar» kartinalarida qatnashdi.

Aida Yunusova

Aktrisa sifatida 1989-yilgacha «O‘zbekfilm»da faoliyat ko‘rsatdi. Shundan so‘ng kinoni tark etdi. Ma’lum tanaffusdan so‘ng yana kinoga qaytdi va ekranda ko‘rina boshladi.

Aida Yunusova yaqinda og‘ir xastalikni boshdan kechirgandi. Ayni damda uning sog‘lig‘i ancha tiklangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring