Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2017-yilda Samarqandda eng ko‘p sotilgan kitoblar ma’lum qilindi

2017-yilda Samarqandda eng ko‘p sotilgan kitoblar ma’lum qilindi

«Kitob olami» savdo majmuasi

Foto: «Nuz.uz»

O‘zbekistondagi eng katta kitob do‘koni hisoblanuvchi «Kitob olami» savdo majmuasining Samarqand filiali ma’muri Zebo Ismatullayevaning «Xabar.uz» saytiga xabar berishicha, 2017-yili viloyatda kitob savdosi oldingi yilgilardan ko‘ra jadal kechgan. 2017-yil davomida u ishlayotgan majmua tomonidan quyidagi asarlar o‘ntaligi eng ko‘p sotilibdi:

1. «Odamiylik mulki», Tohir Malik
2. «Ikki eshik orasi», O‘tkir Hoshimov
3. «Ufq», Said Ahmad
4. «Oq kema», Chingiz Aytmatov
5. «Bahorning o‘n yetti lahzasi», Yulian Semyonov
6. «Chol va dengiz», Ernest Xeminguey
7. «Sariq devni minib», Xudoyberdi To‘xtaboyev
8. «Lolazor», Murod Muhammad Do‘st
9. «Kundoshli uy», Dilfuza Zaripova
10. «Qobusnoma».

Eslatib o‘tamiz, «Kitob olami» savdo majmuasi o‘zining «Facebook»dagi sahifasida xaridorgir kitoblar reytingini doimiy ravishda e’lon qilib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring