«Yashil hudud»dan «sariq hudud»ga o‘tish mumkinmi?
Ushbu savolga IIV matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov javob qaytardi:
– Viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan cheklovlar o‘z kuchida. Biroq quyidagi holatlarda hududga kirish va chiqishga ruxsat etilgan:
- doimiy ro‘yxatdan o‘tgan holda hududda mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlar;
- fermer va dehqonlar tomonidan yetishtirilgan meva-sabzavot, poliz va ko‘kat mahsulotlarini joylarga yetkazish va sotish maqsadida viloyatlararo va shaharlararo qatnovlarga ruxsat berilgan.
Eslatib o‘tamiz, respublika hududlari joriy yilning 11-mayidan e’tiboran TUMAN VA ShAHARLAR DARAJASIDA toifalarga ajratilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter