Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada o‘lim jazosiga hukm qilinganlar ham koronavirus tufayli moliyaviy yordam olishadi

Yaponiyada o‘lim jazosiga hukm qilinganlar ham koronavirus tufayli moliyaviy yordam olishadi

Foto: «Mymistic.ru»

SARS-CoV-2 pandemiyasi tufayli aholi bilan bir qatorda qamoqxonadagi yaponlar ham moliyaviy yordam olishadi — bu o‘lim jazosiga hukm qilinganlarga ham taalluqli, dedi adliya vaziri Masako Mori Tokioda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida. Bu haqda «TASS» xabar berdi.

«Bilishimcha, axloq tuzatish muassasalaridagi mahbuslar yordam oluvchilar ro‘yxatidan chiqarilmaydi», — dedi boshqarma boshlig‘i. Bu o‘lim jazosiga hozirlik ko‘rayotgan jinoyatchilarga ham tatbiq etilishini alohida urg‘ulab o‘tgan.

Yaponiya hukumati mamlakatning har bir fuqarosiga 100 ming yendan (taxminan 930 dollar) mablag‘ ajratishga ko‘rsatma berdi. Uni olish uchun ariza to‘ldirish kerak. Rasmiylar yuqori daromadli yaponlar ushbu taklifdan foydalanmasligiga umid qilishmoqda.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlarga ko‘ra (28-aprel, soat 16:30), Yaponiyada 13,6 ming kishi koronavirusga chalingan («Diamond Princess» kruiz laynerida kasallanganlardan tashqari). 385 kishi vafot etdi. 1899 kishi tuzaldi.

16-apreldan butun Yaponiya hududida favqulodda holat tartibi amalda. U kamida 6-maygacha davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring