Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya uchun «yomon ssenariy»: qurbonlar soni 400 000 ga yetishi mumkin

Yaponiya uchun «yomon ssenariy»: qurbonlar soni 400 000 ga yetishi mumkin

Foto: EPA

Yaponiyada, agarda infeksiya tarqalishiga qarshi tezkor choralar ko‘rilmas ekan, koronavirus epidemiyasi 400 ming kishining o‘limiga olib kelishi mumkin. Bu haqda mahalliy OAVlarga asoslanib «Reuters» yozmoqda.

Aytilishicha, Kunchiqar mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi hukumatga taqdim etishga tayyorlagan maxfiy hujjat ommaviy axborot vositalari qo‘liga tushib qolgan.

Shu prognozda 850 ming nafar bemorga o‘pkaga sun’iy havo berish qurilmasi kerak bo‘lishi yozilgan.

«Kyodo» ma’lumotiga ko‘ra, Yaponiyada koronavirusni yuqtirganlar soni 9000 nafardan oshgan, kechaning o‘zida Tokioda 127 ta, mamlakat bo‘yicha 327 ta yangi holat qayd etilgan.

Yaponiyada, ayniqsa, Tokioda oxirgi haftalarda kasallik o‘sishi kuzatilyapti. Hukumat odamlar o‘rtasidagi muloqotni 70 foizga kamaytirish uchun Tokio va yana oltita hudud, jumladan, Osakada favqulodda vaziyat e’lon qildi.

Choralar odamlarni izolyasiyalash, biznesni to‘xtatishni ko‘zda tutadi, ammo qoidalarni buzganlik uchun jarimalar joriy etilmagan.

Favqulodda vaziyatni e’lon qilgan Bosh vazir Sindzo Abe pandemiya sharoitida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun $1 trln. ajratilishini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring