Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Virusolog koronavirusning miyaga jiddiy xavfidan ogohlantirdi

Virusolog koronavirusning miyaga jiddiy xavfidan ogohlantirdi

Foto: «theconversation.com»

Buyuk Britaniyaning Kent universiteti virusologi Jeremi Rossman koronavirusning qanday qilib odam miyasiga ta’sir o‘tkazishi va nevrologik alomatlarni keltirib chiqarishini aniqladi. Infeksiyaning markaziy nerv tizimiga xavfi haqida «The Conversation» nashri xabar bergan.

Olimning so‘zlariga ko‘ra, aksariyat hollarda COVID-19 isitma, tomoq og‘rig‘i, yo‘tal, og‘irroq vaziyatlarda esa nafas siqishi va respiratorli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi respiratorli infeksiyani nazarda tutadi. Biroq koronavirus qayt qilish, ich ketishi, yurak faoliyati va qon quyulishi buzilishi kabi alomatlarni qo‘zg‘ab, boshqa a’zolarga ham zarar yetkazishi mumkin.

Shuningdek, infeksiya miyani ham zararlaydi. COVID-19 ga chalingan bemorlarda Giyen-Barre sindromi rivojlangani qayd etilgan. Bunda immun tizimi infeksiyadan ta’sirlanib, periferik nerv hujayralariga yanglishib hujum qila boshlaydi. Bu dastlab mushak zaiflashishi, keyin esa falajlanishga olib keladi. Boshqa holatlarda koronavirus miya shishishi va yallig‘lanishi bilan bog‘liq og‘ir ensefalit, shuningdek, miya to‘qimalarida o‘tkir qon aylanishi buzilishiga (insult) sabab bo‘ladi. Umuman olganda, turli darajadagi nevrologik alomatlar bemorlarning 36 foizida kuzatilgan. Ular bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, hid va ta’m bilish qobiliyatining yo‘qolishi, tomir tortishishi va gallyusinatsiyalardan shikoyat qilishgan. Bu holatlar ko‘pincha kasallik og‘ir kechganda kuzatilib, tuzalgandan keyin ham saqlanib qolgan.

SARS-CoV-2 qon va markaziy nerv tizimini ajratib turuvchi gematoensefalik to‘siqdan o‘tib, bevosita bosh miyani zararlashi mumkin. Nevrologik alomatlar virusning bevosita nerv to‘qimalariga ta’siri yoki immun tizimning haddan tashqari faollashishi natijasida kelib chiqadi. Burundagi hid sezish neyronlari ham infeksiyaning miyaga tushishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Miyani boshqa patogenlar, jumladan, gripp virusi, qizamiq, respirator-sinsitial viruslar va mavsumiy koronaviruslar, masalan, HCoV-OC43 ham zararlashi mumkin. Biroq infeksiyaning markaziy nerv tizimiga tushishi nisbatan kam sodir bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring