Vazni 22 kg bo‘lgan 85 yoshli momo koronavirusdan tuzaldi
Hindistonda og‘irligi 20 kilogrammdan sal oshadigan 85 yoshli bemor koronavirusdan sog‘ayib, shifoxonadan chiqdi, deb yozadi «The Hindu».
Aprelning oxirlarida keksa ayolga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan. Xastalik yengil ko‘rinishda o‘tgan. Negaki, shifokorlarning aytishicha, momoning surunkali kasalligi bo‘lmagan.
12 kun davomida bemorni kuzatgan mutaxassislar tuzalgan ayolning uyiga ketishiga ruxsat berishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter