Uxlashga yotgan 9 yoshli amerikalik qizaloq koronavirus tufayli qaytib uyg‘onmadi
9 yoshli amerikalik Kimora Linum uyqusida koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumdi, deb yozadi «Mirror».
O‘limidan bir necha kun oldin qizchaning tana harorati 37,7 darajagacha ko‘tarilgan. Shifoxonada doktor bolani ko‘rikdan o‘tkazgach, oddiy O‘RVI tashxisini qo‘yib, davolanish uchun uyiga jo‘natib yuborgan. Bolada COVID-19ga test o‘tkazishni, hatto, xayoliga ham keltirmagan.
Bir necha kundan so‘ng qizcha o‘zini yaxshi his qila boshlagan. Umrining oxirgi kechasini ko‘chada do‘stlari bilan o‘ynab o‘tkazgan qizaloq uyga qaytgach qattiq charchaganligini aytib, uxlashga yotgan va qaytib uyg‘onmagan.
Faqat o‘lgandan keyingina uni COVID-19ga tekshirib ko‘rishdi.
Epidemiya boshlangandan beri AQShda 4 294 770 kishi koronavirusni yuqtirib oldi, 148 ming nafari vafot etdi, deya xabar berdi Jons Xopkins universiteti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter