Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkmaniston barcha xalqaro aviareyslar bekor qilinishini 20 iyungacha uzaytirdi

Turkmaniston barcha xalqaro aviareyslar bekor qilinishini 20 iyungacha uzaytirdi

Foto: «Sng.today»

Turkmaniston havo yo‘llari aviakompaniyasi pandemiya tufayli barcha xalqaro aviareyslarning bekor qilinishini 20-iyungacha uzaytirdi, deya xabar berdi aviakompaniyaning rasmiy sayti.

«COVID-19 koronavirus pandemiyasi tufayli barcha xalqaro aviareyslarning bekor qilinishi 2020-yil 20-iyungacha uzaytirildi», — deyiladi xabarda.

Shunga ko‘ra Ashxobod bilan Istanbul, Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Minsk, Olmaota, Frankfurt-Mayn, Birmingem, Amritsar, Dehli, Dubay, Abu-Dabi, Pekin, Bangkok orasidagi reyslar bekor qilindi.

«Bekor qilingan reyslardagi yo‘lovchilar pulni qaytarib berishni so‘rashlari yoki parvozlar tiklanishini kutishlari va keyingi qulay reyslar uchun chiptalarni qaytadan bronlashlari mumkin», — deyiladi aviakompaniya xabarida.

Avvalroq Turkmaniston havo yo‘llari barcha xalqaro aviareyslarni 20-maygacha bekor qilgandi.

Hukumat rasmiylarining xabariga ko‘ra, Turkmanistonda yangi tipdagi koronavirus holati qayd etilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring