Turkiyada bir kecha-kunduzda vafot etganlar soni ma’lum qilindi
Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni bir kecha-kunduzda 1670 taga ko‘payib, jami 126 ming kishiga yetdi, deya ma’lum qildi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
«Bugun 1670 ta yangi holat aniqlandi, jami kasallanganlar soni — 126 045 ta. Bugun biz 61 nafar bemordan judo bo‘ldik, umumiy vafot etganlar soni — 3397 kishi. Bugun 4892 nafar bemor tuzalib, ularning soni 63 151 taga yetdi», — deb yozgan Koja «Twiiter»da.
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 3,3 million kishi kasallikka chalingan, taxminan 240 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter