Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nyu-Yorkda yo‘lbars odamdan koronavirus yuqtirib oldi

Nyu-Yorkda yo‘lbars odamdan koronavirus yuqtirib oldi

Foto: «Pixabay»

Nyu-Yorkdagi hayvonot bog‘ida malay yo‘lbarsi muassasa xodimidan koronavirus yuqtirib oldi. Yo‘lbarsda quruq yo‘tal va ishtaha pasayishi kuzatilmoqda.

Ushbu holat odamdan yovvoyi hayvonga koronavirus o‘tishining dastlabkisi hisoblanadi. Bo‘lib o‘tgan hodisa yuzasidan 5 aprelda hayvonot bog‘i ma’muriyati xabar bergan.

Quruq yo‘tal avval Nadi laqabli yo‘lbarsda va keyinchalik uning qondoshi bo‘lgan Azulda kuzatilgan. Shu bilan birga ikki amur yo‘lbarsi va uchta Afrika sherlarining sog‘ligida ham muammo bor. Nadi laqabli yo‘lbarsdan olingan test natijalari unda koronavirus borligini ko‘rsatdi.

Kasallikka qaramay, hayvonlar avvalgidek faol bo‘lib turibdi, ammo ularda ishtaha pasayishi kuzatilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring