Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalar uchun koronavirusga test topshirish narxi arzonlashdi

Talabalar uchun koronavirusga test topshirish narxi arzonlashdi

Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qiydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan talabalardan koronavirusga test tekshiruvlari narxi belgilandi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi axborot berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasiga bo‘lgan ko‘plab murojaatlardan kelib chiqib, chegara o‘tkazish punktlari orqali respublika hududiga kirib kelayotgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qiydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan talabalardan koronavirusga test tekshiruvlari istisno tariqasida 50 000 so‘mdan oshirmagan holda amalga oshirilishi (pasport hamda talabalikni tasdiqlovchi hujjat bo‘lgan taqdirda) belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring