COVID-19 ning o‘ta yuqumli shtammlari paydo bo‘lmoqda

Janubiy Koreyada koronavirus tarqalishining yangi o‘choqlari mamlakatga olib kirilgan GH shtammini yuqtirish tufayli kelib chiqdi. Bu haqda Koreya kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlari (KCDC) ma’lum qildi.
«Rambler»ning yozishicha, 2019-yilning oxirida Xitoyning Uxan shahrida yangi koronavirus aniqlandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha kasallanganlar soni 11,4 million kishidan oshib ketgan.
KCDC ma’lumotiga ko‘ra, COVID-19 yettita shtammni o‘z ichiga oladi: S, V, L, G, GH, GR va O (boshqalar). Janubiy Koreyada dastlab Xitoydan kirib kelgan S shtammi tarqalgandi. Keyinchalik u V shtammiga aylandi.
Biroq aprel-may oylarida mamlakatga yana-da tajovuzkor va yana-da yuqumliroq GH shtammi kirib keldi. U Yevropa, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerikada paydo bo‘lgandi.
«U hujayralarda S shtammiga qaraganda tezroq ko‘payadi va odam hujayralariga yaxshiroq yopishib oladi. Bu kasallik yuqishining kuchayganligini anglatadi», — deb izohladi KCDC rahbari Chon In Gyon.
U, shuningdek, oxirgi paytlarda Janubiy Koreyada mahalliy va tashqi COVID-19 holatlari nisbati o‘zgarganligini ta’kidladi. Har kuni aniqlanayotgan koronavirus holatlarining yarmi mamlakatga chetdan kirib kelyapti, dedi KCDC rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter