Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus yuqtirganlar soni yana sezilarli oshdi

Koronavirus yuqtirganlar soni yana sezilarli oshdi

2020-yil 18-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1450 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Kecha, soat 23:00 holatiga ko‘ra, bemorlar soni 1405 nafarga yetgani haqida xabar berilgandi. Demak, yangi holatlar soni yana 45 nafarga oshdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hozirga qadar 156 nafar bemor sog‘aygan, 4 nafari esa vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring