Sitsiliya sayyohlar uchun million-million yevrodan kechishga tayyor
Sitsiliya ma’muriyati orolga sayyohlarni jalb etish maqsadida budjetdan 50 million yevro ajratyapti, deya xabar berdi «Daily Mail».
Hududda sayyohlik oqimini tiklash bo‘yicha jiddiy choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, sayohatchilar maxsus vaucherlar yordamida pulining bir qismini qaytarib olishi mumkin. Sitsiliyaga borish va kelish parvoziga 50 foizlik chegirma ajratiladi. Oroldagi mehmonxonalarda esa har uchinchi kecha tunab qolish bepul bo‘ladi. Shuningdek, muzeylar ham pulsiz ishlash tartibiga o‘tadi.
Faqat Italiya chegaralarni qachon ochishi noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter