Shifoxonalarda bemorlar shiddat bilan tuzalmoqda - 15-avgust ma’lumoti
15-avgust kuni mamlakatimizda 684 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
SSV matbuot kotibi bu haqidagi infografikani taqdim etdi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 3 nafar, Navoiy va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Sirdaryo, Surxondaryo, Namangan hamda Toshkent viloyatlarida jami 1 382 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 34 701 nafar bemordan 30 043 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 86 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 4 432 nafar bemordan 1 021 nafari og‘ir, 285 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter