Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor koronavirus asoratlaridan saqlanish yo‘lini ma’lum qildi

Shifokor koronavirus asoratlaridan saqlanish yo‘lini ma’lum qildi

Foto: «Primewomen.com»

Virjiniya shtati universiteti tibbiyot fanlari doktori Chjen Yan COVID-19 asoratlaridan saqlanish yo‘lini ma’lum qildi, deb yozadi «Eurekalert».

Olimning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi tadqiqot natijalari jismoniy mashqlarni muntazam bajarish o‘tkir respiratorli distress-sindrom darajasini kamaytirishi yoki oldini olishini tasdiqladi. Bu asorat nafas yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lib, COVID-19 da aksar hollarda o‘limga olib keladi.

Yanning ta’kidlashicha, jismoniy mashqlar «hujayradan tashqari superoksiddismutaza» (EcSOD) sifatida tanilgan kuchli antioksidant ajralishiga sabab bo‘ladi. Kasallik paytida uning darajasi kamayadi. Lekin hatto birgina mashg‘ulot ham EcSOD ajralishini ko‘paytiradi.

AQShda kasalliklar profilaktikasi va nazorati bo‘yicha federal markaz hisob-kitobiga ko‘ra, COVID-19 tashxisi bilan shifoxonaga yotgan bemorlarning 20 — 42 foizi o‘tkir respiratorli distress-sindromidan qiynalyapti. Shundan 67 — 85 foizi reanimatsiyaga tushadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring