Shavkat Mirziyoyev Belarusga yordam yubordi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning belarus xalqiga do‘stona yordami yuborildi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA.
Davlatimiz rahbarining yordami do‘st belarus xalqiga bugun butun dunyoni qamrab olgan koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda ko‘mak beradi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan shakllantirilgan yuk tarkibiga tibbiy niqoblar va qo‘lqoplar, himoya kombinezonlari, antiseptiklar va koronavirusga qarshi kurashishda zarur bo‘lgan boshqa tibbiy vositalar kiritilgan.
Do‘stona yordam mamlakatimiz Mudofaa vazirligi samolyotida Minskka yetkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter