Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Roma» darvozaboni koronavirusni yuqtirib oldi

«Roma» darvozaboni koronavirusni yuqtirib oldi

Foto: «Zimbio.com»

Italiyaning «Roma» futbol klubi darvozaboni Antonio Mirante koronavirusga chalindi. Bu haqda 19-avgust kuni «Gianlucadimarzio.com» portali xabar bergan.

«Afsuski, COVID-19ga test natijalarim musbat chiqdi. Izolyasiyadaman, tez kunlarda tuzalib, jamoadoshlarim bilan tayyorgarliklarni boshlashdan umid qilyapman», — deya sportchining so‘zlarini keltirgan portal.

Futbolchi o‘zini yaxshi his qilayotganini aytib, uni qo‘llab-quvvalagan foydalanuvchilarga minnatdorlik bildirgan.

18-avgust kuni «Roma» jamoada koronavirusga ikkita test musbat chiqqanini e’lon qilgandi. Klubning aniqlik kiritishicha, o‘yinchilar uy tartibida bo‘lishga majbur, kasallik alomatsiz kechyapti. Futbolchilarning nomlari oshkor etilmagan.

Futbol bo‘yicha Italiya chempionati koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq tanaffusdan so‘ng 20-iyunda qaytadan boshlandi. Musobaqaning tiklanishi uchun o‘yinlarning maxsus protokoli ishlab chiqildi. Unga ko‘ra klubda koronavirus chiqadigan bo‘lsa, butun jamoa mashg‘ulot bazasida ikki haftalik karantinni o‘tashi kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring