Afsuski yaxshi rekordga noxushi hamroh bo‘ldi

Shu yilning 27-iyul kuni mamlakatimizda 678 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Avval xabar qilganganidek, bugun Toshkent shahri, Toshkent, Qashqadaryo, Andijon, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona hamda Jizzax viloyatlarida jami 569 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 21 209 nafar bemordan 11 674 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 55 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 9 414 nafar bemordan 214 nafari og‘ir, 83 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 67 155 nafar, statsionar karantinda esa 25 178 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter