Qobulda prezident saroyining 20 nafar xodimi koronavirusga chalindi
![Qobulda prezident saroyining 20 nafar xodimi koronavirusga chalindi](https://static.xabaruz.com/crop/1/3/720_460_95_1376345615.jpg)
Qobulda prezident saroyining 20 nafar xodimida koronavirusga tahlil natijalari musbat chiqdi, deya xabar berdi «TOLOnews» telekanali.
Unga ko‘ra, mutaxassislar jami 517 kishida test o‘tkazishgan. Manbada aytilishicha, COVID-19 ni yuqtirish holati aniqlangandan so‘ng mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi prezident saroyining boshqa xodimlari va amaldorlarida ham tahlil natijalarini olishgan.
Mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani koronavirusga tahlil topshirgan yoki yo‘qligi xabar qilinmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonda 555 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bo‘lib, ulardan 15 nafari vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter