Qirollikda vaksinatsiyadan so‘ng 23 nafar chol-kampir vafot etdi
Norvegiyada Amerikaning «Pfizer» kompaniyasi va Germaniyaning «BioNTech» startapiga tegishli vaksinalarni qabul qilgan 23 kishi vafot etdi, deb xabar berdi Norvegiya tibbiyot agentligi.
O‘lim holatlarining hammasi immuniteti zaiflashgan 80 yoshdan oshgan keksa kishilar orasida qayd etilgan.
«Ushbu holatlar unchalik xavotirli emas. Ushbu vaksina juda kichik xavf omiliga ega ekanligi ravshan. Faqat sog‘lig‘i yomon keksa bemorlar bundan mustasno», — dedi agentlik vakili Steynar Madsen.
Kelgusida bu kabi noxush hodisalarning oldini olish uchun Milliy sog‘liqni saqlash instituti jiddiy kasalliklarga chalingan keksa bemorlarni emlash bo‘yicha tavsiyalarini biroz o‘zgartirdi.
«Vaksinaning odatdagi nojo‘ya ta’sirlari keksa yoshdagi odamlarda mavjud kasalliklarning yanada jiddiy kechishiga sabab bo‘lishi mumkin», — deyiladi xabarda.
Norvegiyada «BioNTech» tomonidan ishlab chiqarilgan («Pfizer» tarqatish bilan shug‘ullanadi) preparat bilan koronavirusga qarshi vaksinatsiya 27-dekabrda boshlandi. Birinchi bo‘lib Oslodagi qariyalar uyida yashovchilar emlanishdi. Bugungi kunga qadar qirollikda 25000 kishi vaksina qabul qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter