Qirg‘iziston parlamentida koronavirus tarqalgan bo‘lishi mumkin
Qirg‘iziston parlamenti matbuot xizmati rahbari Ibrohim Nurakun o‘g‘lida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda 18-iyun kuni uning o‘zi «Facebook»dagi sahifasida ma’lum qildi.
Ibrohim Nurakun o‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, uning harorati 14-iyun kuni ko‘tarilgan. O‘sha kundan boshlab u uyidan chiqmagan va koronavirusga test topshirgan. Natijalar bugun ijobiy bo‘lib chiqqan.
Qirg‘iziston parlamenti matbuot xizmatining barcha xodimlari masofadan ishlashga o‘tkazilgan, ularning barchasi koronavirus uchun tekshirilgan. Bundan tashqari, bir nechta deputat va parlament apparati a’zolari ham koronavirus uchun testlardan o‘tishdi. Tez orada ularning natijalari tayyor bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter